O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2023-01-13 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhatni qabul qildi.
Muloqotda turli yoʻnalishlarda Oʻzbekiston-Hindiston munosabatlarining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan qaror va kelishuvlarni amalga oshirish uchun tomonlar qoʻshma chora-tadbirlar koʻrishga tayyorligi taʼkidlandi.
Elchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 12-yanvar kuni Hindistonning G20-dagi raisligi doirasida boʻlib oʻtgan “Global janub ovozi” virtual sammiti yalpi majlisidagi ishtiroki va nutqini yuqori baholadi.
Joriy yilda ikki tomonlama shaklda, shuningdek, Hindiston–Markaziy Osiyo muloqoti va xalqaro tuzilmalar doirasida qoʻshma tadbirlarni tashkil etish rejalari koʻrib chiqildi.
Savdo, investitsiya, toʻqimachilik sanoati, IT, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi