O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari Kengashining bo'lajak yig’ilishi to'g'risida
2023-01-11 | Siyosat
2023-yil 23-24-yanvar kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig'ilishi bo'lib o'tadi.
O'zbekistonning mazkur tuzilmaga raisligi doirasida o'tkazilayotgan tadbirda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi IHTga a'zo davlatlar delegatsiyalari, shuningdek, Tashkilot Bosh kotibi X.Noziriy ishtirok etadi.
Yig’ilishni yoritish istagini bildirgan milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1) muxbirni akkreditatsiya qilish to'g'risidagi OAV rahbariyati murojaati;
2) OAV to'g'risidagi ma'lumot;
3) akkreditatsiyadan o'tadigan shaxslarning tarjimayi holi (rezyume / CV), pasport nusxasi va fotosurati (3x4 o’lchamda, kamida 240x320 piksel , ko’pi bilan 600x800 piksel, to'liq yuz ko’ringan holda, oq fonda);
5) to'ldirilgan anketa
Ommaviy axborot vositalaridan arizalar 2023-yil 20-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali yoki bevosita O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga, jumladan eco-press@mfa.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Belgilangan muddatdan keyin kelib tushgan arizalar, shuningdek zarur ma’lumotlar va to‘ldirilgan anketa ilova qilinmagan murojaatlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Shu bilan birga, sammitni yoritishda ishtrok etish uchun xorijiy OAVning topshirgan arizalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasiz O‘zbekistonga tashrif buyurish va jurnalistik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘la olmaydi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi