O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi 26-majlisining tashkiliy masalalari muhokama qilindi
2023-01-10 | Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Xusrav Noziri o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va IHT o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Mintaqaviy aloqalarni yana-da chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit sohalarida munosabatlarni kengaytirish masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.
Joriy yil yanvar oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IHTga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi 26-majlisining tashkiliy masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi