O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ibratli bo‘lmoq mashaqqati va masʼuliyati

2023-01-10 | Jamiyat

Bugun Sudyalar oliy kengashida faoliyatida alohida o‘rnak va namuna ko‘rsatib kelayotgan sudyalarga “Ibratli sudya” mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bunday eʼtirofga sazovor bo‘lganlar orasida Oliy sud sudyasidan to tuman sudi sudyalarigacha bor.

 

Sudyalar oliy kengashi faoliyatida ochiqlik va shaffoflik kabi tamoyillar tobora o‘z aksini ko‘rsatib borayotgani keng jamoatchilik tomonidan haqli ravishda eʼtirof etib kelmoqda. Sudyalik lavozimlariga ochiq tanlov va muqobillik asosida tanlash va tayinlash, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari bilan faol va konstruktiv hamkorlik, tizim faoliyatiga oid tanqidiy chiqishlarga tezkor va xolis munosabat bildirilayotganini alohida qayd etmoq darkor.

“Ibratli sudya” mukofotiga munosiblarni tanlashda ham ayni mezonlar ustuvor ahamiyat kasb etganini ko‘rish mumkin.

Maʼlumki, Davlat rahbarining 2020-yil 7-dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan sohada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan qator o‘zgarishlar joriy etilib, jumladan, odil sudlovni amalga oshirishda yuqori reyting ko‘rsatkichga ega bo‘lgan sudyalarni “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlash belgilangan edi.

Mazkur farmon ijrosi doirasida sudyalar faoliyati samaradorligini ochiq va shaffof baholash bo‘yicha milliy elektron reyting baholash dasturi ishga tushirildi.

Ushbu tizim joriy etilishi inson omilini keskin cheklash barobarida sudyalar faoliyatini ochiq, shaffof va eng muhimi - xolis baholash imkoniyatini yaratdi.

2022-yildan boshlab, eng yuqori reyting ko‘rsatgichlariga ega sudyalar davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan farmoni asosida taʼsis etilgan “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlab kelinmoqda.

2021-yil yakuniga ko‘ra, yuqori reyting ko‘rsatkichlari, shuningdek bilimi hamda maʼnaviy fazilatlari bilan namuna bo‘lgan 16 nafar sudya ilk bor mazkur mukofotga loyiq, deb topilgan bo‘lsa, 2022-yil kuni bo‘yicha  20 nafar sudya shunday eʼtirofga sazovor bo‘ldi.

Tadbirda alohida qayd etildiki, o‘tgan yili 646 nafar sudya tomonidan qabul qilingan hujjatlar bekor qilinmagan, bu ularning faoliyati qoniqarli demoqqa to‘la asos beradi. Mukofotga loyiq ko‘rilganlar esa ularning orasidan tanlab olinganidir. Munosiblarni tanlashda esa sud qarorlari sifatidan tashqari sudyalarning maʼnaviy fazilatlari, tashabbuskorligi va, ayniqsa, “Sudyalar odobi kodeksi” talablariga rioya etilgani kabi mezonlardan kelib chiqildi. Mukofot sohiblarining 7 nafari birinchi instansiyada faoliyat ko‘rsatgan, 8 nafari esa ushbu lavozimga tayinlanganiga hali besh yil to‘lmagan sudyalar ekani esa tizimdagi yosh kadrlar o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlayotganini ko‘rsatadi.

Bugun mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Faoliyat ko‘rsatgichi pastroq sudyalarning malakasini oshirish maqsadida kopleks-choralar ko‘rilayotir. Bu jarayonda ular tajribali sudyalarga biriktirilib, “Ustoz-shogird” tamoyili ustuvorligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Поделиться