O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rganishlar olib borilib, tadbirkorlarga yordam ko‘rsatilmoqda
2022-12-11 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 9-dekabr kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov raisligida ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya dasturini amalga oshirish borasidagi ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishdan so‘ng vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat Ishchi guruh korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishish, tadbirkorlarni qiynayotgan muammoli masalalarni o‘rganish va ularni tezkor bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi