O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy hukumati delegatsiyasining tashrifiga doir

2022-12-10 | Siyosat

Xitoy hukumati delegatsiyasining tashrifiga doir

Joriy yilning 9-10 dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Vazirlar Mahkamasida 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xu Chunxua boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tobora yuqori surʼat bilan rivojlanayotgan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi darajaga ko‘tarilishida Davlatlarimiz rahbarlarining o‘rtasidagi samimiy, do‘stona va o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslangan munosabatlar muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, Xitoy anʼanaviy ravishda mamlakatimizning yetakchi va ishonchli hamkorlaridan biridir. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi qariyb 8 mlrd dollarni tashkil etdi. Davlatlarimiz Rahbarlari ushbu ko‘rsatkichni tez orada 10 mlrd dollarga yetkazishni belgilab bergan.

Investitsiya va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanyapti.

Bugungi kunda mamlakatimizda 2 100 dan ziyod Xitoy kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yurityapti. Birgina 2022-yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokida 218 ta yangi korxona tashkil etildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Поделиться