O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022-12-10 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehmonlar tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Szyan Yan, Davlat kengashi bosh kotibi o‘rinbosari Go Vey, Rivojlanish va islohotlar ishlari davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Lyan Veylyan ishtirok etdilar.

O‘zbekiston tomonidan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdilar.

Uchrashuv doirasida kambag‘allikni qisqartirish sohasida o‘zaro hamkorlik, yurtimizda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, o‘tgan davrda yaratilgan kambag‘allikni qisqartirishning to‘liq institutsional asoslari, shu jumladan, kambag‘allik chegarasi va darajasini aniqlash metodologiyasi, manzilli chora-tadbirlar, hokim yordamchilari institutining tatbiq etilishi hamda ularning faoliyati yuzasidan fikr almashdilar.
 
Shu bilan birga, kambag‘allikni qisqartirish sohasida hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mita shakllantirish hamda uning birinchi yig‘ilishini 2023-yil O‘zbekistonda tashkillashtirish taklifi ilgari surildi.
 
O‘zbekiston tomoni 2026-yilga borib kambag‘allik darajasini 2 barobarga qisqartirish, bu maqsadlarga erishishda Xitoyning ilg‘or tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etishi hamda tajriba va fikrlar almashinuvini kengaytirish ta’kidlab o‘tildi. 
 
Xitoy dunyo mamlakatlari ichida birinchilardan bo‘lib 2021-yilda mutlaq kambag‘allik ustidan to‘liq g‘alaba qozonganligi to‘g‘risida e’lon qildi. Ushbu natija qator Xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, BMT tomonidan alohida e’tirof etildi.
 
Ma’lumot uchun: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi iqtisodiy o‘sish, kambag‘allikni qisqartirish, “yashil” taraqqiyot, raqamli iqtisodiyot va boshqa sohalarda Xitoy Xalq Respublikasi mas’ul tashkilot va idoralari bilan yaqindan hamkorlik olib boradi.
 
Xususan, 2021-yil 19-oktabr sanasida “Barqaror rivojlanish uchun global hamkorlik: kambag‘allikni qisqartirish va qishloqlarni rivojlantirish” global forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Xalqaro Kambag‘allikni qisqartirish markazi o'rtasida Memorandum imzolandi. Memorandum ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib, uning doirasida kambag‘allikni qisqartirish sohasida tajriba, fikr va g‘oyalar almashish, shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashda XXRning eng yaxshi tajribalariga asoslangan loyihalarini O‘zbekiston hududlarida amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. (Batafsil)
 
Shuningdek, “O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish xalqaro Forumi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Xitoy kambag‘allikni qisqartirish Xalqaro markazi o‘rtasida 20222023-yillarga mo‘ljallangan kambag‘allikni qisqartirish hamkorlik dasturi imzolandi. Mazkur dastur 2021-yil 19-oktabrdagi vazirlik va markaz o‘rtasida imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi o‘zaro amaliy hamkorlik, shu bilan birga, Xitoy tajribasini O‘zbekiston misolida qo‘llashni o‘z ichiga oladi.
 
Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, xususan, yerlarini ijaraga berish, urbanizatsiya va shaharlarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish, iqtisodiy o‘sish drayveri bo‘lgan xususiy tadbirkorlik sohasi, xususan, sanoat klasterlari, mis sanoatini rivojlantirish, sanoat sohalarini rivojlantirishda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik, “yashil” iqtisodiyot sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, yashil infratuzilmani shakllantirish, energiya va suv sarfini kamaytirishga qaratilgan “yashil” texnologiyalarni joriy etish hamda yuqoridagi sohalarda o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama etildi. 
 
Ma’lumot uchun: Joriy yilning sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning samarali muzokaralari davomida “yashil” iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish sohasidagi hamkorlik, qurilish sohasida hamkorlik va boshqa sohalarda 15 ta hujjat imzolangan edi.
 
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish hamda hamkorlik yangi bosqichda rivojlantirish yuzasidan kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться