O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro Qishloq xo'jaligi universitetida konferensiya: oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish
2022-12-09 | Iqtisodiyot
Toshkentda “Food Security and Sustainable Development” (“Oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish”) mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi International Agriculture University (Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti) tomonidan tashkil etildi.
Konferensiya hamkorlari: FAO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti), UNDP (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi), ASK Facility (Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash dasturi), “Melek Best Milk Agro” MCHJ, AgroTV.
Konferensiyada Avstraliya, Vetnam, Germaniya, Qozog‘iston, Pokiston, Singapur, AQSH, Tojikiston va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etdi. Tadbirda ilmiy va ishbilarmon doira vakillari, diplomatik korpus xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Spikerlar “Biz birgalikda muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik uchun shart-sharoit yaratamiz” mavzusida ma’ruza qildi.
Anjuman doirasida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijlik hamkasblari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Anjumanning asosiy maqsadlaridan biri global iqlim o‘zgarishi, tabiatdagi o‘zgarishlar, aholi sonining ko‘payishi, suv resurslarining yetishmasligi va ularni bartaraf etish yo‘llari, oziq-ovqat barqarorligi kabi muammolarni tahlil qilishdan iborat edi. Biz xalqaro ekspertlarni jalb qildik, ular bilan bu masalalarni muhokama etdik. Shuningdek, universitetga yangi mutaxassislarni jalb etgan holda talabalarni ilmiy asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyili asosida o‘qitish maqsadida xususiy sektor va klasterlar bilan memorandum imzoladik”, — dedi IAU rektori Munira Aminova Ma’lumot uchun
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zR Prezidentining 2022-yil 7-maydagi PQ-237-sonli qarori asosida Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda ochilgan.
Universitetning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi