O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Elchisi bilan uchrashuv to'g'risida
2022-12-07 | Siyosat
2022-yil 7-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov bilan uchrashuv o’tkazdi.
Suhbat chog'ida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari rahbarlari darajasida Qo'shma komissiyaning 3-Majlisi, shuningdek, Samarqand shahrida 1-2 - dekabr kunlari bo'lib o'tgan O'zbekiston-Rossiya biznes-forumi muvaffaqiyatli o'tkazilgani qayd etildi.
Ikki tomonlama kelishuvlar va iqtisodiy loyihalarning o'z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi