O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida xususiy sektor vakillari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2022-12-02 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 1-dekabr kuni “Hilton Tashkent” mehmonxonasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan BMTTD, UNCTAD/JST Xalqaro savdo markazi va JST Kotibiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishining iqtisodiyotning turli tarmoqlariga ta’siriga bag‘ishlangan ushbu tadbirda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Abidov, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Savdo-sanoat palatasi, respublika xususiy sektori, ishbilarmon doiralar va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi Doimiy vakili Matilda Dimovska o‘z nutqida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Mamlakatning bu intilishlari, uning fikricha, iqtisodiy o'sish va aholi farovonligini ta'minlashga qaratilgan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishni rag'batlantiradi hamda savdo munosabatlarini erkinlashtirish islohotlarini chuqurlashtiradi.

Ishbilarmon doiralar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida JSTga a’zo bo‘lish jarayonida xususiy sektorning o‘rni, Tashkilotga qo’shilishning mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlariga ta’siri hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari va boshqa jihatlar muhokama qilindi.

Gruziya va Tojikistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha bosh muzokarachilar M. Janelidze va S. Nosirzoda tadbir ishtirokchilarini Tashkilotga a’zo bo‘lish tajribasi va a’zolik natijasida ushbu mamlakatlarning xususiy sektori uchun yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha olib borilgan ishlar bilan tanishtirdi.

JST Kotibiyatining a’zo bo‘lish departamenti vakili Xusrav Rasulov O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha Ishchi guruhning 5-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan tizimli ishlar olib borilganini ta’kidladi va mamlakatimizning Tashkilotga kirish jarayonini jadallashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan izchil s’ay-harakatlarni qayd etdi.

Davra suhbati yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasidagi muloqotni faol davom ettirish to‘g‘risida yakdil fikr bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться