O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Paxtachilik sohasi mutaxassislari Misrda malaka oshirmoqda

2022-12-02 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-noyabrdan 9-dekabriga qadar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining 15 nafar paxtachilik sohasi mutaxassislari Misrdagi Paxtaga ixtisoslashgan Xalqaro o'quv markazda bepul o'quv-kursini o'tamoqda.

Mazkur o'quv kurslari O'zbekistonning Misrdagi elchixonasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasining 2022-yil 5-7-oktyabr kunlari Misr Arab Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safarida mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi tomonidan Misr Paxta arbitraji va sinovi bosh tashkiloti (CATGO) raisi Muhammad Halil Xidr bilan uchrashuv tashkil etilib, joriy yilning noyabr – dekabr oylarida tashkilotning Paxtaga ixtisoslashgan Xalqaro o'quv markazida o'zbekistonlik soha mutaxassislari uchun qisqa muddatli o'quv-kursini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Misrning paxtachilikka ixtisoslashgan CATGO tashkiloti 1965-yilda tashkil etilgan. Ushbu markazning asosiy vazifasi uzun va mustahkam tolali paxta sifatini saqlashdan iborat. Markazda mutaxassislar uchun 
7-30 kunlik o'quv kurslar tashkil etiladi. Ularda paxta navlarini ajratish va klassifikatsiya qilish, namunalar asosida maxsus tekshiruvlar o'tkazish, namlikni aniqlash, tozalash, zararkunandalarga qarshi kurashish, yigiruv va to'quv mahsulotlari sifatini belgilash, paxta vaznini o'lchash, marketingini amalga oshirish, eksportiga oid masalalar va boshqa dolzarb dasturlar bo'yicha kasbiy ta'lim shuningdek, malaka oshirish bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться