O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga oid konferensiya bo‘lib o‘tdi
2022-12-01 | Texnologiyalar
Bugun, 1-dekabr kuni IT-Parkning Toshkent shahar filiali binosida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: fuqarolarning raqamli texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarini baholash mexanizmlarini tadbiq etish yo’nalishidagi dolzarb vazifalar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyadan asosiy maqsad, raqamli bilimlar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, chekka hududlarda aholining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish masalalari, o‘z navbatida, aholiga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratib berish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishdan iborat.
Masofaviy xizmatlar ko‘rsatish sohasini yaxshilash masalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida Parlament vakillari hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirokida axborot texnologiyalari bo‘yicha ta’lim berish va malaka oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilib, o‘zlarining keying yillardagi rejalari bilan tanishtiridi va ko‘plab takliflar kiritildi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalasi qo’mitasining raisi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati rahbariyat-xodimlari, tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbariyati, hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi