O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Italiya Elchisi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi
2022-12-01 | Siyosat
2022-yil 1-dekabr kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Italiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv o'kazdi.
Savdo-iqtisodiy sohadagi O'zbekiston-Italiya hamkorligining amaliy jihatlari hamda ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy diplomatiyani chuqurlashtirish, uning barcha mumkin bo'lgan vositalaridan foydalangan holda muhokama qilindi.
Savdoni rivojlantirish, eksport hajmini oshirish va investitsiyaviy hamkorlikning yangi yo'llari va imkoniyatlarini izlash bo'yicha ikki tomonlama sa'y-harakatlarning ahamiyati qayd etildi. Elchi o'zbekistonlik hamkorlar bilan biznes aloqalarini o'rnatish bo'yicha Italiya biznesining qiziqishi ortib borayotganini ma'lum qildi.
O'zbek mahsulotlarini Italiyaga eksport qilish hajmini oshirish uchun, birinchi navbatda, GSP+ Yevropa Ittifoqi preferensiyalari tizimi doirasida tovarlarni sertifikatlash va standartlashtirish, O'zbekistonda sanoat tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida malaka oshirish va tajriba almashish uchun italiyalik mutaxassislarni jalb qilish bo'yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi