O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent viloyatida inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi
2022-12-01 | Jamiyat
Аxborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada yaxshilash maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi.
Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Olmaliq shahar hokimligi, OTM professor o‘qituvchilari hamda faol va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Bugungi kunda ta’lim tizimini isloh qilishda oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va IT-Parklar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu tashkil etilgan Inkubatsiya va akseleratsiya markazi oliy ta’lim muassasasida ilg‘or startap g‘oyalar va innovatsion ishlarni monitoring qilish, tanlash va inkubasiya qilish vazifalarini bajaradi.
Shuningdek, yoshlarning startap jamoalarini shakllantirish, loyiha faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha innovatsiyalar sohasidagi yoshlar tashabbuslarini aniqlash, jamoalarni qo‘llab quvvatlash, talabalar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi