O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zoyir Mirzayev Bekobod Shahridagi qurilish jarayonlarini ko'zdan kechirdi

2022-12-01 | Jamiyat

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Bekobod shahridagi ijtimoiy soha ob'ektlarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari hamda kuz-qish mavsumining betalafot o'tkazilishi bo'yicha ishlab chiqilgan manzilli chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Xususan, viloyat yetakchisi mazkur shahar hududida bunyod etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktabdagi yakuniy ishlarni borib ko'rdi.

Tez kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan mazkur zamonaviy ta'lim dargohida o'quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish to'g'risida”gi PF-106-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Bekobod shahrida 336 o'ringa mo'ljallangan ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

Bugungi kunda mazkur ob'ektda demontaj ishlari 100, pardozlash ishlari 100, elektr ishlari 95 foizga bajarilgan.

Mazkur maktabga jami 22 nafar yuqori malakali o'qituvchilar tanlov asosida qabul qilingan.

Pedagog xodimlarning 5 nafari oliy toifa, 9 nafari 1 toifa, 8 nafari 2 toifaga ega muallimlardir.O'quv yili davomida har oyda ma'lum fan yo'nalishlarida “Fan oyligi” tashkil etilib, oylik davomida fan o'qituvchilari va o'quvchilar tomonidan kreativ yondashuv asosida dars mashg'ulotlari, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida barcha fanlardan to'garak mashg'ulotlari yo'lga qo'yilgan.

O'rganish davomida shahar markaziy shifoxonasi hamda bolalar shifoxonasi binolari ham ko'zdan kechirilib, issiqlik bilan ta'minlanganligi, shuningdek, "YAshil makon" umummilliy loyihasi doirasida mazkur muassasalar hududida ekilgan mevali va manzarali daraxtlar, umuman, hududning sanitariya-gigienik holati bo'yicha mutasaddilarga tavsiya va qo'shimcha vazifalar berildi.

Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Поделиться