O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston- Britaniya kengashining 26-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2022-11-30 | Iqtisodiyot

Bugun poytaxtimizda Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashining (UBTIC) 26-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

UBTIC 1994-yilda  Buyuk Britaniya va O‘zbekiston hukumatlari tomonidan tashkil etilgan ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun har yili o‘tkaziladigan forumdir.

Tadbirni O‘zbekiston Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Buyuk Britaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo komissari Kenan Poleo ochdi. O‘zaro savdoning bugungi holati, shuningdek, O‘zbekiston bozori Britaniya biznesi uchun taqdim etayotgan imkoniyatlar, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr yuritildi.

Buyuk Britaniya Xalqaro savdo vazirligi bosh direktori Endryu Mitchell savdoni rivojlantirish uchun yangi mablag‘ ajratilishini, jumladan, O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishini yana-da qo‘llab-quvvatlashini eʼlon qildi. Delegatsiyalar rahbarlarining chiqishlaridan so‘ng tomonlar ikki tomonlama Harakatlar rejasini imzoladilar.

Tadbir dasturi to‘rtta sanoat sessiyasini o‘z ichiga oldi: moliyaviy va professional xizmatlar, infratuzilma va qurilish, taʼlim va Buyuk Britaniyaning umumiy imtiyozlar tizimi (GSP). Ushbu sessiyalarning maqsadi O‘zbekistonning ulkan xususiylashtirish dasturini belgilash, mamlakatimizning ayrim yirik kompaniyalari uchun IPO rejalarini yoritish, davlat-xususiy sheriklik va infratuzilmaga oid yirik loyihalarni namoyish etish hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish edi.

Soha yig‘ilishlarida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Mansur Rajapov, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori Otabek Nazirov, oliy taʼlim vazirining o‘rinbosari Komiljon Karimov so‘zga chiqdi.

Britaniya tomonidan esa “Arup”, «Standard Chartered», «Allen & Overy», «Hudson Sandler» kompaniyalari, De Montfort va Kembrij universitetlari  vakillari ishtirok etdilar.

Buyuk Britaniya Xalqaro savdo vazirligining savdo siyosati bo‘yicha maslahatchilari Fabian Xartvell va Karen Jonson «Umumiylashtirilgan imtiyozlar tizimi» mavzusida seminar o‘tkazdilar. 2021 -yilda O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning Umumiy imtiyozlar tizimi (GSP) doirasidagi kengaytirilgan sxemasiga qabul qilingan birinchi davlat bo‘ldi. Bu Buyuk Britaniyaga tovarlarning 91 foizini nol tarif stavkasida eksport qilish imkonini berdi. Buyuk Britaniya hozirgi paytda 2023 -yilda Buyuk Britaniyaning joriy GSP tizimini almashtiradigan «Rivojlanayotgan mamlakatlar savdosi tizimini» eʼlon qilgan. Yig‘ilishda Buyuk Britaniyaning imtiyozli savdo tizimi va uning shartlari, tariflari, tovarlar tasnifi va kelib chiqish qoidalariga qo‘yiladigan o‘zgarishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

2021- yilda Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlashning umumiy hajmi ikki baravar ko‘paydi va hozirgi paytda qariyib  0,5 milliard dollarni tashkil etmoqda.  Biroq, iqtiqbolda bu ko‘rsatkichni ikki baravar oshirish imkoniyati  mavjud. UBTICning 26-yig‘ilishida Britaniyaning 73 ta turli kompaniyasidan 126 nafar britaniyalik ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

«Mamlakatlarimiz birgalikda amalga oshirgan ishlardan juda faxrlanaman, lekin erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. UBTIC bizga savdo aloqalarimizni yana-da rivojlantirish va chuqurlashtirish uchun ajoyib platformani taqdim etadi. Biz bunga O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha hamkorlikda ishlash, iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashimizni kengaytirish hamda Umumiy imtiyozlar tizimi imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish orqali erisha olamiz», dedi  Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Buyuk Britaniyaning savdo komissari Kenan Poleo.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться