O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv
2022-11-24 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Osiyo taraqqiyot banki bosh iqtisodchisi Albert Park bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki katta iqtisodchisi Begzod Jalilov, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, iqlim o‘zgarishi ta’sirlarini kamaytirish va yumshatish, yashil va inkluziv iqtisodiy o‘sish, raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini jadallashtirish, inson kapitalini rivojlantirish, xususan, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mehnat bozoriga yuqori salohiyatga ega bo‘lgan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi