O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalaniladi

2022-11-24 | Jamiyat

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning “Sanctuary” va “DS Drone School Osaka” kompaniyalari rahbari Uemura Masatoni qabul qildi.

Uchrashuvda Yaponiya kompaniyasi ishtirokida Farg‘ona viloyatida “aqlli” qishloq xo‘jaligi tizimini joriy etish, tizimga axborot texnologiyalarini joriy etgan holda dronlar bilan tasvirga olish orqali qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish hamda ekinlarni parvarishlash ishlari samaradorligini oshirish, dronlar yordamida ekinlarni kimyoviy o‘g‘itlashni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Farg‘ona shahridagi ekoshahar hududida ushbu kompaniya investitsiyasi hisobiga amalga oshirishga kirishilayotgan Kobe yapon restorani loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Uemura Masato  o‘z kompaniyasi tomonidan viloyatdagi klasterlar hamda fermer xo‘jaliklari uchun dronlar orqali dalalarda ekin parvarishi jarayonlari yuzasidan ma’lumot yig‘ish hamda tahliliy monitoring yuritish, shuningdek, Yaponiyada ishlab chiqarilgan 30 kilogramm yuk ko‘tarish quvvatiga ega qishloq xo‘jalik dronlari orqali ekinlarni kimyoviy o‘g‘itlash xizmatini tashkil etishni rejalashtirilayotganini bildirdi.

Dastlabki bosqichda amaliy samaradorlikni ko‘rsatib berish uchun ushbu xizmatlar bepul taqdim etiladi, keyin klasterlar bilan shartnoma asosida ish tashkil etiladi. Shuningdek, ushbu tizimni viloyatda joriy etishda zarur mutaxassislarni tayyorlash uchun qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan dronchilar tayyorlash maktabini tashkil etish hamda muvaffaqiyatli bitiruvchilarga xalqaro sertifikatlar berish tizimini joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga innovatsiyalarni qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashuvchi ushbu loyiha viloyat hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi. Yapon kompaniyasi o‘z faoliyatini Farg‘ona shahrida tashkil etilgan va yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladigan viloyat hududiy agroxizmatlar markazi qoshida tashkil etishi belgilandi.

Manba: O'zA

Поделиться