O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Neft` va gaz sohasidagi innovatsiyalar” haftaligi o'z ishini boshladi
2022-11-22 | Innovatsiya
“Neft` va gaz sohasidagi innovatsiyalar” haftaligi o'z ishini boshladi. Mazkur haftalik O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O'zbekneftgaz” AJ, “O'ztransgaz” AJ va I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo'lib, 21-noyabrdan 25-noyabrga qadar davom etadi.
Haftalik doirasida neft` va gaz sohasiga oid bo'lgan innovatsion mahsulotlarning ko'rgazmasi, tarmoq korxonalari uchun davlat dasturlari doirasida moliyalashtirilayotgan ilmiy loyihalar taqdimotlari, neft`-gaz tarmog'ini rivojlantirishga oid oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlar va texnologiyalar taqdimoti tashkil etiladi, shuningdek, tarmoq korxonalarining innovatsion mahsulot va texnologiyalarga bo'lgan extiyojlari, mavjud muammolarning echimiga qaratilgan soha mutaxassislarining muhokamalari o'tkaziladi.
Haftalikning ochilish marosimida qayd etiliicha, 2022-2026- yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasida, 2022-2026- yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasida, 2022-2026- yillar davomida jami 2057 ta vazifa va topshiriqlar belgilandi. Bunda, iqtisodiyot tarmoqlari jami 441 ta yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha hamda “drayver” loyihalarni amalga oshirishlari lozim.
Strategiya doirasida «O'zbekneftgaz» AJga bir qator vazifalar yuklatilgan.
Hususan:
2022-2023- yillarda “O'zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 38,47 mlrd so'mlik 12 ta yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha aniq ustuvor loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan;
2023-2026 - yillarda “O'zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyatida umumiy qiymati 7 trln so'mlik 9ta «drayver» innovatsion loyihalar amalga oshiriladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi