O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro shahrida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" tanlovining g‘oliblari aniqlandi

2022-11-17 | Madaniyat

Buxoro shahridagi 16-son umumta'lim maktabida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tashabbusi bilan 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" tanlovining Buxoro shahar bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi xodimlari Aziz Hakimov, Gulbahor Xodieva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, shoir Suhrob Hamroev, Xalqaro "Turon" yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir va yozuvchi Ro‘zimutod Mahmud, Viloyat musiqali drama teatri bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Mohigul Nazarova hamda shahar miqyosidagi umumta'lim maktablarining targ‘botchilari hamda yosh ijodkor o‘quvchilar ishtirok etdi. 
 
Dastlab tanlov O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadosi ostida boshlandi. So‘ng kirish qismi bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi rahbari Aziz Hakimov so‘z olib, tanlov ishtirokchilarni nizom talablari bilan tanishtirib o‘tdi. 
 
Ushbu tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarimizga davlat ramzlariga bo‘lgan sadoqatini oshirish, ularning ijodiy salohiyatlarini, vatanparvarlik tuyg‘ularini va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish, ular qalbida yot g‘oya ta'sirlariga qarshi mustahkam immunitetni hamda ma'naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini yosh avlodni ongiga chuqur singdirishdan iboratdir,-deydi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasi rahbari Aziz Hakimov.
 
Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining ijodiy ishlarini hakamlar hay'ati oldida himoya qildilar.
 
Tanlov yakunlariga ko‘ra uchinchi o‘rin bilan Buxoro shahridagi 31-son umumta'lim maktabining o‘quvchisi Sabina Hamroevaga, ikkinchi o‘rin bilan  32-son umumta'lim maktabining o‘quvchisi Sug‘diyona Tuyg‘unovaga va tanlov faxrli birinchi o‘rin bilan 39-son ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabining o‘quvchisi Mohinur Sayfullaeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Tanlovda "Eng faol ijodkor" nominasiyasi g‘olibi 30-son umumta'lim maktabining o‘quvchisi Shaxrizoda Toxirova egalladi.
 
Yakunda birinchi o‘rin g‘olibi tanlovning viloyat bosqichiga chiqdi. Tanlov g‘oliblari Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro shahar bo‘linmasining Diplom va badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.
 
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi
Buxoro shahar bo‘linmasi

Поделиться