O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniyaning Xaydelberg shahrida IT Park vakolatxonasi ochildi

2022-11-17 | Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan iborat delegatsiya a’zolari Germaniyaning Xaydelberg shahrida tashkil qilingan IT Park vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda Claas KGaA mbH, Duvenbeck Gmbh, Hellmann Worldwide Logistics SE & Co. KG, Gebrüder Weiss GmbH, Kion Group AG, MBCC Group, Camelot Management Consultants AG, OnStream Consulting Gmbh, Technische Hochschule Brandenburg, Heidelbergcement AG, FZD Global GmbH, Becker Mining Europe GmbH, ETECTURE GmbH, German Eastern Business Association, Mangold Consulting, QuantPi GmbH rf,b 20 ga yaqin Germaniyaning IT loyiha va yechimlarni buyurtmachilari sifatidagi kompaniyalar rahabarlari ham qatnashdi. 

Tadbir doirasida IT Park rezidentlariga yaratilgan sharoitlar va preferensiyalar bilan tadbir ishtirokchilari tanishtirildi, shuningdek IT Parkning “Venkon group”, “Zuccotech”, “Realsoft”, “Rebochain technology”, “Soft Legion”rezident-korxonalari tomonidan IT sohasidagi o‘zlarining faoliyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Uchrashuv so‘ngida BPO xizmatlarini yurtimizga autsors qilishda hamkorlik qilish, O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirish borasida qo‘shma loyihalarni Germaniyaning IT va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqishga, shuningdek O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida IT sohasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida muhim hujjatlar ham imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться