O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqda

2022-11-16 | Jamiyat

Hukumat topshirig‘iga ko‘ra, Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Toshkent davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan davlat organlari va muassasalari xodimlari uchun vazirlik va idoralarda Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan vazirliklar va idoralarda kengaytirilgan o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqda.

Seminarlar davomida Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarida nazarda tutilgan meyorlar amaliy misollar bilan sodda, xalqchil tilda tushintirilmoqda.

Shuningdek, yangi odob-axloq qoidalarining avvalgisidan farqli jihatlari va uning zaruriyati haqida batafsil ma’lumot berilmoqda. Xususan, yangi odob-axloq qoidalarida davlat fuqarolik xizmatchisining nafaqat xizmat davomidagi kasbiy faoliyatida o‘zini tutishi, balki xizmatdan tashqaridagi vaziyatlardagi odob-axloq me’yorlari ham mustahkamlangan.

Bundan tashqari davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ko‘maklashishi kerakligi ham yangi norma sifatida qoidalarga kiritilganligi mutaxassislar tomonidan yetkazilmoqda.

Mazkur seminarlar respublika bo‘yicha barcha hududlarda o‘tkaziladi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться