O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Korrupsiyaga qarshi kurash: amaliyot, muammo va yechim

2022-11-16 | Jamiyat

“O‘zsuvta’minot” AJ va uning tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Jumladan, jamiyatga korrupsiyaviy qonunbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kelib tushgan 719 ta murojaatning 700 tasi qonun doirasida hal etilgan.

“O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodovning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bergan rasmiy bayonotda shular haqida batafsil ma’lumot keltirilgan.  

Xususan, tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat boshqarmasi tomonidan “Jamiyatning yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi 14 ta ichki normativ hujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Jamiyatga xodimlarning ishga qabul qilish jarayonini ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida o‘tkaziladigan sinov tadbirlarini internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqilgan.  

– Joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida “O‘zsuvta’minot” AJ hamda uning tizim tashkilotlarida jami 49 ta manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanib, ulardan 42 tasi bartaraf etilgan, qolganlari joylardagi “Odob axloq” komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan, – deydi “O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov. – Shuningdek, jamiyatning aloqa kanallari orqali xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa korrupsiyaviy qonunbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida kelib tushgan murojaatlar nazoratga olinib, aksariyati qonun doirasida hal etilgan. Hisobot davrida komplayens nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari inspektorlari tomonidan 273 ta monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Ularda 37,2 milliard so‘mlik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Aniqlangan kamomad va o‘zlashtirishlar bo‘yicha jami 5,9 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ va tovar-moddiy boyliklari Jamiyat hamda uning hududiy korxonalari hisob-raqamlariga undirilgan. 24,2 milliard so‘mlik kamomad, o‘zlashtirish va talon-taroj holatlari bo‘yicha jami 98 ta hujjat qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmalarida mehnat qilayotgan jami 23 nafar xodimning malakasini oshirish maqsadida ular uchun muntazam ravishda maxsus o‘quv seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Hisobot davri davomida komplayens-nazorat xizmati xodimlari tomonidan tizim tashkilotlari, mahallalar va ta’lim muassasalarida mavzuga oid 440 ta uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi. Jamiyat tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning natijasi o‘laroq joriy yilning fevral oyida “O‘zsuvta’minot” AJ "Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi" mavjudligini tasdiqlovchi ISO 37001:2016 va "Sifat menejment tizimi" mavjudligini tasdiqlovchi ISO 9001:2015 xalqaro sertifikatlariga ega bo‘ldi.  

Ma’lumot uchun: iste’molchilar suv ta’minoti tizimidagi korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha Jamiyatning +99855-503-10-55 raqamli “ishonch telefoni”, anticor@uzsuv.uz elektron pochtasi, @UzsuvAnticorruptionBot telegramm boti hamda “O‘zsuvta’minot” AJ ning rasmiy veb-sayti orqali xabar berishlari mumkin. Kelib tushgan har bir murojaat bo‘yicha zudlik bilan tegishli munosabat bildirilishi hamda murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.  

Nilufar Bozorova

Manba: O'zA

Поделиться