O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ibrat

2022-11-15 | Madaniyat

O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma'rifatparvar ayollarning hayot yo‘li-biz uchun ibrat Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,ularninig ma'naviyatini va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi”ni yaratish chora-tadbirlari rejasi asosida poytaxtimizda “mahallabay” kesimida muhim targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan manzilli chora-tadbirlar rejasi asosida mahallalarga kirilib, xotin-qizlar, uy bekalari, yosh oilalar, ajrim yoqasidagi oila vakillari hamda o‘quvchi qizlar o‘rtasida davra suhbatlari, psixologik treniglar, smenarlar va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.  Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi 110 maktabida “O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma'rifatparvar ayollarning hayot yo‘li-biz uchun ibrat” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.  
 
Unda “Sharof Rashidov”, “Afrosiyob” mahallalarida  istiqomat qiladigan xotin-qizlar va uy bekalari hamda o‘quvchi qizlar ishtirok etishdi.
 
Mazkur tadbirda “Ma'rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, Huquqshunoslik fanlari doktori, professor Feruza Muhiddinova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ma'sul xodimi Pardaxol Norqobiova, Mirobod tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Madaminova, Kamoliddin Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn instituti xotin -kizlar kengashi raisi, halqaro tanlovlar g‘olibi, olima Sevara Jumaeva, 154 –umumta'lim maktabi “Xalq ta'limi a'lochisi”, pedagog Umrinisa Xaydarova va tuman tibbiyot birlashmasi 3-OP bosh shifokor o‘rinbosari, tibbiyot xodimi olima Rohatoy Turdievalar ishtirok etishdi.  Uchrashuvda xotin-qizlar masalasi davlat siyosati darajasida ekanligi, davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e'tibor alohida ta'kidlandi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma'rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘li, ularninig fan olamiga qo‘shgan olamshumul kashfiyotlari, san'at va madaniyat sohasidagi buyuk ishlari, adabiyot yo‘nalishidagi nodir asarlari haqida alohida fikr va mulohazalar yuritildi. Ma'rifatparvar ayollar haqidagi ijtimoiy vederoliklar namoyish etildi.
 
Ma'rifatparvarlik g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tadbirda xalqimiz ardog‘idagi san'atkorlar, yozuvchi va shoirlar o‘z chiqishlarida, o‘zbek ayoliga xos vatanparvarlik, bunyodkorlik, bag‘rikenglik, mehribonlik, fidoyilik  kabi betakror fazilatlarni tarannum etishdi.

Manba: Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Поделиться