O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
13 mln AQSh dollariga teng ekologik toza qishloq xo'jaligi texnikasi platformasini yaratish loyihasi amalga oshiriladi
2022-11-15 | Iqtisodiyot
Innovatsion rivojlanish vazirligi, "UzTEST" markazi, Chirchiq shahar hokimligi vakillaridan iborat delegatsiya Koreya respublikasida ishchi safarda bo'lib turibdi.
14-noyabr kuni safar doirasida "O'zbekiston uchun ekologik toza qishloq xo'jaligi texnikasi platformasini yaratish" loyihasining bosh rejasini ishlab chiqish bo'yicha maslahat uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Koreya tomondan Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI), Jeonbuk Technopark vakillari ishtirok etdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan muzokaralarda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi ijrochi direktori Bunyodjon Oxunov, Ilm-fan va innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig'i Umidjon Hoshimov va bosh mutaxassisi Farxodjon Qudratov, shuningdek Surxondaryo viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig'i Sherxon Kichkilov qatnashdi.
"O'zbekiston uchun ekologik toza qishloq xo'jaligi texnikasi platformasini yaratish" loyihasi Koreya yuqori texnologiyalar instituti (KIAT) tomonidan amalga oshirilib, uning umumiy qiymati 13 mln. AQSh dol.ga teng. Shundan 10 mln. AQSh dollari Janubiy Koreyaning ODA dasturi beg'araz ko'magi asosida, 3,0 mln AQSh dol. "O'zavtosanoat" AJ tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida R&D tadqiqot markazi faoliyatini yo'lga qo'yish va O'zbekistonda qishloq xo'jaligi texnikalarini ekologik toza siqilgan tabiiy yoqilg'isiga o'tkazish ko'zda tutilgan. Uchrashuvda markaz faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borildi.
STG-4 gaz balonli uskunalarning zamanoviy avlodi bo'lib, dvigatel` uchun xavfsiz, kam harajatli hamda gaz balonning ishlashiga haydovchining aralashuvini minimal talab etuvchi uskuna hisoblanadi.
Ushbu loyiha doirasida R&D-tadqiqot markazi faoliyatini yo'lga qo'yish va O'zbekistonda qishloq xo'jaligi texnikalarini ekologik toza siqilgan tabiiy gaz yoqilg'isiga o'tkazish ko'zda tutilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi