Bugun, 14-noyabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan sessiya ishida viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat sektorlari, tegishli viloyat boshqarmalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari, siyosiy partiyalar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, shuningdek, tumanlar va shaharlar studiyalaridan sektorlar rahbarlari va tegishli mas'ullar ishtirok etdi. Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Botir Zaripov boshqarib bordi.
Sessiyada dastlab “Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakuniga qadar qilinadigan ishlar hamda kelgusi yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi Botir Zaripovning axboroti eshitildi.
Qayd etilishicha, Prezidentimizning joriy yil 28-yanvardagi “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturi hokimlik faoliyati uchun asosiy dasturilamal bo‘ldi.
Xususan, viloyatda tadbirkorlik muhiti yaxshilanganligi hisobiga joriy yilning o‘tgan 9 oyida 13,5 mingta yangi subyektlar tashkil etilgan bo‘lsa, yil yakuniga qadar yana ikki mingga yaqin yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni 47,5 mingtaga yetkaziladi.
Tadbirkorlik sub'ektlariga jami 5,9 trln.so‘mlik, shundan “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi bo‘yicha 28,6 ming nafar talabgorlarga 662,6 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Ma'lumki, aholini bandligi ta'minlash bugungi kundagi dolzarb vazifalarimizdan biri sanaladi. 2022-yil yakuniga qadar viloyatda barcha soha va yo‘nalishlarda 405,5 ming nafar aholi bandligi ta'minlanadi.
Notiq o‘z ma'ruzasida 2023-yildagi ustuvor vazifalarga am to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, kelgusi yilda “mahallabay” ishlash orqali 8 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik sub'etlari tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan. Hokim yordamchilari tomonidan 1,8 trln.so‘mlik 2,5 mingta loyihalar paketi shakllantirilgan, oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha 950 mlrd. so‘m kreditlar, 43,9 mlrd.so‘mlik subsidiyalar rejalashtirilayapti.
Tadbirkorlar uchun 140 ta davlat obyektlari, 300 gektar yer maydonlari auksionga chiqariladi.
— Tadbirkorlarimiz doimo biznes uchun qulay joydan yer so‘raydi. Shuning uchun xalqaro ahamiyatdagi yo‘l bo‘ylaridagi yer maydonlarini xatlov qilib chiqqanimizda, 99,8 gektar samarasiz foydalanib kelinayotgan yerlar borligi aniqlandi. Agar shu yerlarni toifasini o‘zgartirib, xizmat ko‘rsatish uchun yo‘naltirsak, samaradorlik 20 barobar oshadi. Umuman, shu kabi mavjud barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, 2023-yilda 75,7 mingta aholi bandligini ta'minlashni rejalashtirganmiz. Shuningdek, tadbirkorlarimiz tomonidan 2023-yilda qiymati 25,5 mlrd.so‘m bo‘lgan 6 ta parrandachilik loyihalarini tashkil etishda ham amaliy yordam so‘ralmoqda. Tashabbuskorlarning talabiga ko‘ra har bir tumanda parranda uchun talab etiladigan ozuqa ekin yer maydonlari ajratilib, unda go‘sht yo‘nalishida har biri 25 sotixdan iborat bo‘lgan va 10 ming parranda boqishga mo‘ljallangan 36 ta lotlarga bo‘lingan parrandachilik kompleksi tashkil qilinadi. Loyiha uchun zarur infratuzilma (suv, yo‘l, gaz va elektr energiyasi) uchun bir martalik (50% miqdorda) 100 mln.so‘mgacha byudjet hisobidan subsidiyalar ajratiladi, – dedi Botir Zaripov.
Bundan tashqari, Buxoro tumanida 206 mlrd.so‘mlik yirik logistika markazini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. 2023-yil 1 choragida ishga tushadigan loyihada 200 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
2022-yilning 9 oyida 71 ta 1 ming 814 ta o‘rinli yangi katta-kichik mehmonxonalar ishga tushishi hisobiga ularning umumiy soni 468 taga (5204 ta xona, 11935 ta o‘rin) yetdi. Viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2 mln 860 ming (shundan, xorijiy sayyohlar 460 ming nafar, mahalliy sayyohlar 2 mln 400 ming nafar) nafardan oshdi. Sayyohlardan viloyat iqtisodiyotiga 2022-yilning 9 oyida 151,0 mln AQSh dollar daromad kelib tushdi.
2023-yilda Buxoroda tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar sonini 900 ming nafarga, mahalliy sayyohlar sonini 2,9 mln nafarga, turizm eksport hajmini 200 mln AQSh dollarga yetkazish, yil yakuniga qadar sohada 22,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
Buxoro “Turistik halqa” turizm marshruti bo‘ylab 3,8 mln sayyoh, shundan 900 ming xorijiy turist jalb etiladi. Peshku tumani Afshona qishlog‘ida “Turizm shaharchasi”, Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFYda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” barpo etish loyihalariiga 50 mln dollar investisiya kiritiladi.
Shuningdek, notiq ma'ruzasi davomida 2023-yilda viloyatda sanoat sohasini rivojlantirish, investisiya loyihalarini amalga oshirish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, suv xo‘jaligi, ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv xizmatlarini yaxshilash, avtomobil' yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish, aholini uy-joy bilan ta'minlash va yashash sharoitin
Manba: Buхоrо vilоyati hоkimligi