O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiyalik yosh tadbirkorlar toshkentlik hamkasblari bilan muloqot qilishdi

2022-11-14 | Iqtisodiyot

Toshkent shahar hokimligida JCI Osiyo Tinch okeani kengashi va Nagoya JCI tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova ishtirok etgan tadbirda poytaxtimizning turli sohalarida ish olib borayotgan faol yosh tadbirkorlar ham qatnashishdi.

Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda Kunchiqar davlatdan tashrif buyurgan mehmonlarga mamlakatimizda yoshlar, yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Toshkent shahrida yil davomida 35 mingdan ortiq yigit-qizlarning turli muammolarini hal etishga erishildi. Xususan, yosh tadbirkorlarning faoliyatini boshlashiga yordam ko‘rsatildi, oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olayotganlariga kontrakt pullari to‘lab berildi, ishga joylashtirildi va boshqa jihatdan ijtimoiy himoyaga olindi.

Shuningdek, toshkentlik yosh tadbirkorlar yaponiyalik hamkasblari bilan ta'lim, tashqi migratsiya, konsalting, san'at, turizm, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda loyihalarini amalga oshirish yuzasidan muloqot qilib, o‘zaro fikr almashishdi.

Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston va Yaponiya tadbirkorlari hamda biznes tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Yaponiya yosh tadbirkorlari palatasi (JCI Japan) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Toshkent yosh tadbirkorlar palatasini tashkil etish bo‘yicha Nagoya Yosh tadbirkorlar palatasi o‘rtasida hamkorlikda ish olib borilmoqda.

JCI Osiyo Tinch okean kengashi va Nagoya JCI tashkiloti vakillari joriy yilning 24 -27-mart kunlari va sentyabr' oyida yurtimizda bo‘lishdi. Bunday aloqalar Prezident Shavkat Mirziyoevning 2019-yil dekabr' oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan Toshkent va Nagoya o‘rtasida hamkor shaharlar kelishuviga asosan amalga oshirilmoqda.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться