O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston elchisi bilan uchrashuv

2022-11-11 | Iqtisodiyot

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Tojikistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida ikki birodar mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi sababli bugungi kunda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklikka asoslangan Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlari jadal rivojlanayotgani, yangi yoʻnalishlarni qamrab olib, amaliy mazmun bilan boyiyotgani qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, bizning xalqlarimizni umumiy tarix, madaniyat va maʼnaviy qadriyatlar, oʻzaro hurmat hamda yaxshi qoʻshnichilikning koʻp asrlik anʼanalari birlashtirib turadi. Bu yaqinlik Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi munosabatlar uchun mustahkam zamin, asosiy tamoyil boʻlib xizmat qilmoqda. Oʻzaro doʻstona aloqalar esa aniq amaliy qadamlar bilan boyitilgan holda oʻsib boruvchi trayektoriya boʻylab rivojlanmoqda.

Yuqori darajada oʻrnatilgan ochiq, samimiy muloqotlar hukumatlararo va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish uchun mustahkam poydevor qoʻydi.

Oʻz navbatida Buxoro va Tojikiston oʻrtasida madaniy-gumanitar va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.

Xususan, bugungi kunda viloyatimiz tadbirkorlari tomonidan Tojikiston Respublikasi kompaniyalari bilan hamkorlikda 8 ta qoʻshma va xorijiy korxona faoliyat koʻrsatmoqda. 2021-yildagi pandemiyaga qaramay, mintaqamiz va Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi oʻzaro tashqi savdo aylanmasi dollarga yetdi. Xususan, eksport hajmi 8,3 million dollarni, import hajmi esa 5,2 million dollarni tashkil etdi. Joriy yilning 9 oyi davomida esa oʻzaro tashqi savdo aylanmasi hajmi 10,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi yoki 2021-yilga nisbatan 25 foizga oshdi.

Viloyat hokimi elchi bilan muloqot davomida oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasida madaniy-maʼrifiy, taʼlim-fan sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro tovar aylanmasi hajmini bir necha karra oshirish borasidagi qator takliflarini bildirdi. Bunda ikki mamlakat oʻrtasidagi konstruktiv hamkorlikni izchil rivojlantirishda Elchining shaxsiy hissasi alohida boʻlishini eʼtirof etdi.

Abdujabbor Aziz Rahmonzoda viloyat rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Elchi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi birodarlik munosabatlarini mustahkamlash yoʻlidagi maqsad va vazifalarni soʻzsiz amalga oshirishga bundan buyon ham bor kuch-gʻayratini qaratishini taʼkidladi.

Tashrif dasturidan Abdujabbor Aziz Rahmonzodaning Buxoro davlat universiteti, Buxoro tumanidagi “Buxara Varnet” issiqxona xoʻjaliklari, Buxoro shahridagi “Tibtexnika” farmatsevtika, “BCT Cluster” va “Buxara Agrocluster DZZ” tekstil korxonalari faoliyati bilan tanishuvi, shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalariga sayohati oʻrin olgan.

Manba: Buхоrо vilоyati hоkimligi

Поделиться