O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya Federatsiyasi hududlarining innovatsion rivojlanish tajribasi o'rganiladi

2022-11-11 | Innovatsiya

“Assotsiatsiya innovatsionnыx regionov Rossii” delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi doirasida 8-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish huzuridagi INNO texnoparkida ikki tomonlama yuqori texnologiya loyihalari bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi. 

O'zbek tomondan uchrashuvda innovatsion rivojlanish vazir o'rinbosari Shahlo Turdiqulova, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi INNO texnopark direktori Akbarxon Sobirxonov, Innovatsion infratuzilmalar va texnoparklarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Xojiakbar Karimov, Hududlarni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Fazliddin Mo'minov, Tarmoq korxonalarida innovatsion ekotizimni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Shuxrat Isaev, Inson kapitalini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i bosh mutaxassisi Nargiza Mirraximova ishtirok etdi. 

RF tomonidan uchrashuvda Rossiya innovatsion hududlari Assotsiatsiyasining hududlar bilan ishlash bo'yicha rahbari Dmitriy Mitroshin, Boshqirdiston Respublikasi Venchur fondi direktori Ramil` Xismatullin, Novgorod davlat universitetining ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Andrey Efremenkov, Saxa Respublikasining innovatsiyalar, raqamli rivojlanish va infokommunikatsion texnologiyalar bo'yicha vazir o'rinbosari Georgiy Andreev, Novosibirsk viloyati ilm-fan va innovatsion siyosat bo'yicha vaziri Vadim Vasil`ev, Kalujskaya oblast` iqtisodiy taraqqiyot va sanot vaziri o'rinbosari Anna Koroleva, Altay o'lkasi iqtisodiy taraqqiyot vazirining o'rinbosari Sergey Korennov, Krasnoyarsk o'lkasi kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi rahbari Tat`yana Bocharova, Irkutsk oblasti iqtisodiy taraqqiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Elena Il`ina, shuningdek Rossiya Federatsiyasining hududiy kompaniyalar vakillari qatnashdi.

Rossiya innovatsion hududlari Assotsiatsiyasining hududlar bilan ishlash bo'yicha rahbari Dmitriy Mitroshin Assotsiatsiya faoliyatiga to'xtalib o'tdi. Uyushma 2010-yil 21-mayda Tomsk shahrida “Innovus” XIII innovatsion forumi doirasida tashkil etilgan. Bugungi kunda Uyushmaga 18 ta a'zo mintaqa kiradi: Boshqirdiston Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Tatariston Respublikasi, Oltoy o'lkasi, Krasnoyarsk o'lkasi, Perm o'lkasi, Irkutsk viloyati, Kaluga viloyati, Lipetsk viloyati, Novosibirsk viloyati, Samara viloyati, Tomsk viloyati, Tyumen viloyati, Ul`yanovsk viloyati, Novgorod viloyati, Saxa Respublikasi (Yakutiya), Nijniy Novgorod viloyati va XMAO-Yugra.

Rossiya delegatsiyasi vakillari innovatsion hududlarni rivojlantirish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi. "Innovatsion rivojlanish agentligi - Kalujskaya oblast` klaster rivojlanish markazi" AJ bosh direktori Pavel Grankov Kalujskaya oblast` klaster siyosati haqida gapirdi. "RB venchur fondi" bosh direktori Ramil Xismatullin, o'z navbatida, Boshqirdiston Respublikasining ilmiy-texnik sohada kichik korxonalarga venchur investitsiyalarini rivojlantirishga ko'maklashish jamg'armasi faoliyati haqida gapirdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari Novosibirsk viloyati fan va innovatsion siyosat vaziri Vadim Vasil`evning Novosibirskaya oblastdagi innovatsion kompaniyalarni mintaqaviy qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi taqdimotiga alohida qiziqish bildirdi. Shuningdek, V.Vasil`ev “Texnoprom” texnologik rivojlanish bo'yicha xalqaro forum - Rossiyadagi eng yirik texnologik tadbir natijalariga to'xtalib o'tdi, uning asosiy maqsadi mahalliy ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalarni ilgari surishdir. Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova, o'z navbatida, mazkur forumda Innovatsion rivojlanish vazirligining ham ishtirok etishi zarurligini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar O'zbekistonning 28 ta innovatsion tumanlarining innovatsiyalar bo'yicha hokim o'rinbosarlarini Rossiya innovatsion hududlari assotsiatsiyasi tajribasini o'rganish uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborish masalasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться