O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bir kunda 56 000 tup ko‘chat ekiladi
2022-11-11 | Ekologiya
Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlarda 11-noyabr kuni “Yashil makon” tadbirlari doirasida “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostidagi bir kunlik ko‘chat ekish aksiyasida 56 000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosarlari Shahrullo Mahmudov, Abdulla Aslonov va Murodjon Ismoilov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Unda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yil yakunigacha yurtimiz hududlarida 75 million dona, kelgusi yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish belgilangan bo‘lib, joriy yil 20 oktyabr -1dekabr kunlari yurtimizda “Yashil makon” loyihasining “dolzarb 40 kunlik” tadbirlari e’lon qilindi.
Bir kunlik aksiya doirasida Sportni rivojlantirish vazirligi jamg‘armasi mablag‘lari hiobidan 56 000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari rejaga ko‘ra, respublikaning 14 hududidagi sport maktablari, Olimpiya va paralimpiya markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport federatsiyalarning tegishli maydonlari, hududlarida ekiladi. Sportni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Yashil makon” aksiyasida sport hamjamiyatlari, taniqli sportchilar, murabbiylar, sport federatsiyalarning vakillari ishtirok etadi.
Bir kunlik ko‘chat ekish aksiyasi doirasida fleshmob tadbirlari, jurnalistlar uchun press-tur tadbirlari tashkil etiladi.
Manba: O'zA