O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDHga a'zo davlatlarning buxgalteriya hisobi bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 19-yig'ilishi

2022-11-08 | MDH

O'zbekiston Respublikasi har yili MDH Ijroiya qo'mitasi huzuridagi MDHga a'zo davlatlarning buxgalteriya hisobi bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashi ishida qatnashadi. 

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) bo'lib o'tgan MDHga a'zo davlatlarning buxgalteriya hisobi bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining XIX yig'ilishida ishtirok etdi.
 
Ma’lumot uchun:
 
Buxgalteriya hisobini muvofiqlashtirish kengashi MDHga a'zo davlatlar milliy buxgalteriya hisobi va audit tizimlarini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari hamda xalqaro audit standartlari bilan yaqinlashtirish va uyg'unlashtirishga ko'maklashish bo'yicha muvofiqlashtiruvchi va maslahat organidir. 
 
Yig'ilishda Muvofiqlashtiruvchi kengash a'zolari – Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belorus Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari, shuningdek, MDH Ijroiya qo'mitasi vakillari va MHXS Fondi xalqaro ekspertlari ishtirok etdi.
 
Yig'ilish ishtirokchilari buxgalteriya hisobi va auditni tartibga solishning milliy tizimlarini, shu jumladan, xalqaro standartlarni qo'llashni, shuningdek, auditorlarning jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashda ishtirokini rivojlantirish bo'yicha tajriba almashdi.  
 
Uchrashuv davomida raqamli aktivlarni hisobga olishni tashkil etish va xorijiy kontragentlarning birlamchi buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. 
 
MHXS Fondining so'nggi yangiliklari va MHXS bo'yicha elektron hisobot loyihasini amalga oshirish to'g'risida (IFRS Taxonomy) MHXS Fondi xalqaro eksperti taqdimotni taqdim etdi. 
 
Uchrashuv yakunida 2023-yil 1-yanvardan boshlab Muvofiqlashtiruvchi kengash raisligini O'zbekistonga o'tkazish va 2023-yilda MDHga a’zo davlatlarning buxgalteriya hisobi bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yig'ilishini O'zbekistonda o'tkazish masalasi ko'rib chiqildi.
 
Uchrashuv yakunida Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisining ishtirokchilari MDH Ijroiya qo'mitasi va Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligiga Muvofiqlashtiruvchi kengashning 19-yig'ilishini tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться