O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Tashkent Book Fest» yarmarkasida O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etildi

2022-11-04 | Jamiyat

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati stendi «Tashkent Book Fest» Toshkent xalqaro kitob yarmarkasining eng katta, yorqin va eng ko‘p mehmonlar tashrif buyurgan stendlardan biriga aylandi.

Stenddan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida”, “O‘zbekiston me’moriy epigrafiyasi” turkumidagi kitoblar, shuningdek, qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nashrlari hamda “Bekzod”, “Rishton kulolchiligi” va “O‘zbekiston madaniy merosi durdonalari” kitoblari va tasviriy sovg‘a nashrlari o‘rin olgan.

- Yoshlar tarbiyasida kitobning tutgan o‘rni beqiyos, - deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid. – Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, kitobsiz yurtning kelajagi yo‘q. Biz, O‘zbekiston adiblari esa davlatimiz rahbarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz va yoshlar imkon qadar ko‘proq kitob mutolaa qilishi uchun harakat qilamiz.

- Men shunchaki hayratdaman, – deydi «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov. – Bu yangi tuyg‘u emas. «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumidagi kitoblar bilan tanishman. Ammo ayni paytda hamma nashrlarni bunday hajmda, bunchalik ko‘p miqdorda ko‘rib, hayratimni yashira olmayapman. Madaniyatimiz, tariximiz, ajdodlarimizga shu darajada yuksak ehtirom bilan munosabatda bo‘linayotgani yuksak hurmat va e’tirofga loyiq. Biz ushbu loyihani qo‘llab quvvatlashga va madaniy merosimizni birgalikda asrab-avaylashga doim tayyormiz.

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi Yangi O‘zbekistonning tashrif qog‘oziga aylangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash va ommalashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi jamoat, davlat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ijtimoiy mas’ul biznesni birlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yurtimiz madaniy merosini saqlash, asrab-avaylash va ommalashtirishga doir tashabbuslari amalga oshirilayotganining yorqin namunasidir. bugungi kunda loyiha dunyoning 40 ta davlatidan 400 nafar olimni birlashtirgan. «Eriell Group» xalqaro neft-servis kompaniyasi loyihaning bosh hamkori va homiysi hisoblanadi.

- Men “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi faoliyati va rivojlanishini uzoq vaqtdan beri kuzatib boraman va u meni tobora ko‘proq hayratga solmoqda. Bu yerda juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldim,– deydi kultura.uz sayti muharriri Baris Boboyev. – Kitoblar bir-biridan qimmatli va noyob. Bu juda salmoqli va shu bilan birga, mashaqqatli ish. Yaqinda O‘zbekistonning madaniy merosi haqida film suratga oldik va unda bu ajoyib loyiha haqida ham so‘z boradi.

- Qoyil qolarli darajada ajoyib nashrlar! Ko‘rinib turibdiki, ular mehr bilan, professionallar tomonidan va aynan professionallar uchun yaratilgan. Dizayner sifatida shaxsan men uchun bunday kitoblar juda qimmatli va qiziqarli. - deydi AQSH dan tashrif buyurgan dizayner Aleksandra Degraf. Ulardan O‘zbekiston madaniyati va san’ati, xususan to‘qimachiligiga doir kerakli ma’lumotlarni olishim, milliy naqsh va bezaklar bilan tanishishim mumkin. Nashrlarning go‘zalligi esa kishiga o‘zgacha ilhom baxsh etadi.

–Stend juda mukammal va boshqalardan sezilarli darajada farq qiladi. Bu ko‘k kitoblar juda mashhur va tanish, menda ularning birinchi 10 ta jildi bor, ularni katta ishtiyoq bilan o‘qiyman. Bezak ishqibozi sifatida “O‘zbekiston me’moriy epigrafiyasi” turkumini ko‘rganimdan mamnunman. Ushbu kitoblar orqali juda ko‘p yangi va qiziqarli ma’lumotlarni kashf qildim, – deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi bloger, “Toshkent haqida maktublar” sayti muallifi Yevgeniy Sklyarevskiy.

bugungi kunga qadar loyiha doirasida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining 50 jildlik kitob-albomi, 14 jildlik “O‘zbekiston me’moriy epigrafiyasi” turkumi, shuningdek, bir qator sovg‘aga mo‘ljallangan rangtasvirli kitoblar nashr etilgan.

Manba: O'zA

Поделиться