O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ITSV va KOICA investitsiya muhitini yaxshilash bo'yicha seminar o'tkazdilar

2022-11-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-28-oktabr kunlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda "Tartibga solish bazasini isloh qilish va investitsiya muhitini yaxshilash dasturi" mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda vazirlik va uning hududiy bo'linmalari xodimlari ishtirok etdi.

Trening davomida Koreya taraqqiyot instituti (KDI) va Koreya Respublikasining boshqa yetakchi Oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari mamlakatdagi investitsiyaviy muhitni yaxshilash uchun me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishning samarali usullari bo'yicha ma'ruzalar va taqdimotlar o'tkazdilar, shuningdek investitsiya siyosatini rejalashtirish va amalga oshirish samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy bilimlar bilan o'rtoqlashdilar.

Kurs yakunlari bo'yicha ishtirokchilar tomonidan olingan ko'nikma va malakalar asosida O'zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini yaxshilash va ularni tizimli amalga oshirish bo'yicha aniq amaliy takliflar tayyorlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться