O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHTga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisiga doir

2022-11-02 | ShHT

Joriy yilning 1-noyabr kuni Toshkent shahrida Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining videokonferensaloqa formatidagi majlisida ishtirok etdi.

Yig‘ilishga Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Kesyan raislik qildi. Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston hukumat rahbarlari, Hindiston va Pokistondan tashqi ishlar vazirlari, kuzatuvchi maqomidagi davlatlar - Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston Bosh vazirlari hamda faxriy mehmon sifatida Turkmaniston Vazirlar Mahkasi raisining o‘rinbosari ishtirok etdi.
 
Uchrashuvda tashkilotga a'zo mamlakatlar hukumat rahbarlari joriy yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining sammiti yakunlari ijrosi yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
 
ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda, jumladan, tashkilot faoliyatini hozirgi bosqichda takomillashtirish nuqtai nazaridan hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e'tibor qaratildi.
 
Yig‘ilishda ShHT Bosh kotibi, tashkilotning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ham ishtirok etdi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot va boshqa qator hujjatlar imzolandi.
 
Kelgusi yilda Qirg‘iz Respublikasi ShHT Hukumat rahbarlari kengashiga raislik qiladi.

Поделиться