O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xotin-qizlar bilan ishlash faoliyati takomillashtiriladi

2022-11-01 | Jamiyat

28–31-oktabr kunlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasida xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlar uchun oʻquv-seminar tashkil qilindi.

Ichki ishlar vazirligi farmoyishiga binoan oʻtkazilgan qisqa muddatli oʻquv yigʻiniga Toshkent shahar IIBB hamda tumanlar IIO FMBlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari, shuningdek IIV Akademiyasi oʻqituvchilari jalb qilindi.

Oʻquv yigʻini mobaynida “Oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish”, “Oilalarda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash”, “Oila-turmush doirasidagi nizolarning oldini olishda psixologik bilimlarning tutgan oʻrni”, “Biz – oilaviy zoʻravonlikka qarshimiz!”, “Oʻz huquq va majburiyatingizni bilasizmi?”, “Yot gʻoyalarga qarshi birgalikda kurashaylik!” kabi mavzularda maʼruza hamda seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisida”gi Nizomning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Mashgʻulotlar Akademiyaning tajribali professor-oʻqituvchilari, jumladan, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshligʻi, polkovnik Sh. Mamadaliyev, Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlarini taʼminlash kafedrasi professori G. Matkarimova, Huquqbuzarliklar profilaktikasi va kriminologiya kafedrasi professori Q. Abdurasulova, Tarbiyaviy-psixologik faoliyati kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi N. Turgʻunova hamda boshqa malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Muxtasar qilib aytganda, uch kun davom etgan oʻquv yigʻini soha xodimlari faoliyatining samaradorligini oshirish, jamiyatda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться