O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Haftalik doirasida AKT vaziri BMT mas’uli bilan uchrashdi
2022-10-24 | Jamiyat
“ICTWEEK – 2022” AKT haftaligi doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatov BMTning mas’ul xodimi Vincenzo Aquaro bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida tomonlar BMTning joriy yilgi reytingi xususida fikr almashishdi.
O‘z o‘rnida, Vincenzo Aquaro qisqa muddatda tadqiqot natijalarini rus tiliga tarjima qilishga muvaffaq bo‘lgani hamda "BMT tadqiqoti: Elektron hukumat 2022" nashri uchun O‘zbekiston tomondan minnatdor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va navbatdagi reytinglarda O‘zbekiston elektron hukumati indeksini oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar qanday bo‘lishi masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida:
Vincenzo Aquaro – BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamentining (UN DESA) Davlat institutlari va raqamli hukumat bo‘limida (DPIDG) raqamli hukumat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritadi.
UN DESAning asosiy vazifasi – BMTga a’zo davlatlar vakolatiga ko‘ra, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik sohalarda yirik global konferensiyalar va sammitlarni o‘tkazish orqali mamlakatlarning umumiy muammolarini hal qilish va ularning rivojlanishiga yordam berishdan iborat.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi