O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bahrayn va Kuvaytda zafar quchgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi

2022-10-17 | Sport

O‘tayotgan yil mamlakatimizga sport sohasida yangi-yangi zafarlarni taqdim etayotgani bilan ahamiyatli.

Iste’dodli yoshlarimizning Butunjahon shaxmat olimpiadasida, «Osiyo bolalari» va «Islom birdamligi» sport o‘yinlarida hamda bir qator sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon hamda qit’a chempionatlarida muvaffaqiyatga erishishi islohotlar samarali kechayotganini ko‘rsatmoqda.

Bu kuni kecha Bahraynda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida hamda Kuvaytda 18 yoshgacha bo‘lgan yengil atletikachilar ishtirokida o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida yanada yorqinroq o‘z ifodasini topdi.

Og‘ir atletikachilarimiz Olimpiya chempionlari Ruslan Nuruddinov va Akbar Jo‘rayevsiz Osiyoning tengsiz jamoasi ekanligini ko‘rsatdi. Xuddi shuningdek, yengil atletikachilarimiz juda yosh va intiluvchan jamoa bilan 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani qo‘lga kiritishi mamlakatimiz yengil atletika tarixida o‘ziga xos voqealik bo‘ldi.

O‘zbekiston sportining yangi zarvarag‘ini ochgan sportchilarimiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Musiqa sadolari, yuzlab sport ishqibozlari, sportchilarning ota-onalari, yaqinlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan kutib olish marosimida g‘olib sportchilar va ularning murabbiylariga guldastalar tuhfa etildi.

– Bahrayn bahslarida medallar sarhisobida azaliy raqiblarimiz Xitoy va Eron jamoalarini ortda qoldirgan holda peshqadamlikka erishdik. Ammo, ushbu chempionat yutuqlarimiz qatori kamchiliklarimizni, ayrim vaznlarda qatnashgan yosh sportchilarimizning tajribasini oshirish borasida hali ko‘p mehnat qilishimiz kerakligini ham ko‘rsatdi, – deydi og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibi Jo‘rabek Zoirov.

– Yengil atletikachilarimiz o‘ziga xos natijaga erishdi. Aytishim lozim, bu yil iste’dodli sportchimiz Sharifa Davronova yuksak g‘alabalarga erishdi. Bundan avval, joriy yil yoz oyida yoshlar o‘rtasida jahon chempionligini tantana qilgan yosh sportchimiz undan keyin sentyabrda o‘tgan «Islom birdamligi» o‘yinlarida vatanimiz sharafini ulug‘ladi. Mana endi, qit’a chempionatida 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uning safiga Barnoxon Sayfullayeva, Nodir Norboyev, Dilshoda Usmonova kabi yoshlarimizning qo‘shilganligi esa yurtimizda sport turlari malikasi bo‘lgan yengil atletikadan yangi yulduzlar yetishib kelayotganligini anglatmoqda, — deydi yengil atletika bo‘yicha tajribali mutaxassis Hasanboy Ortiqov.

Kutib olish marosimida qatnashgan Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev va boshqalar og‘ir va yengil atletikachilarimizning qit’a chempionatlarida zafar quchishi, yosh yengil atletikachilarimiz Sharifa Davronova, Barnoxon Sayfullayeva, Nodir Norboyev, Dilshoda Usmonova, chempion og‘ir atletikachilarimiz Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Tursunoy Jabborova, Sharofiddin Amriddinov qayd etgan natijalar yangi g‘alabalarga yo‘l ochishini, qit’a va Olimpiya o‘yinlarida, Jahon chempionatlarida qo‘lga kiritilajak yutuqlarga zamin bo‘lishini ta’kidlashdi.

To‘lqin Ro‘ziyev

Manba: O'zA

Поделиться