O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Janubda “Eng ilgʻor batalyon” koʻrik tanlovining Mudofaa vazirligi bosqichiga start berildi
2022-10-11 | Xavfsizlik sohasi
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi garnizonlarida “Eng ilgʻor batalyon (divizion)” koʻrik tanloviga start berildi.
Ushbu tanlovning maqsadi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida batalyon taktik guruxlarining jangovar tayyorgarlik darajasini va boʻlinmalarning hamjihatligini yanada mustahkamlash, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakillantirishdan iborat.
Dastlab batalyon shaxsiy tarkibi bilan saf koʻrigi oʻtkazildi. Saf koʻrigida ularning yuk qoplari, komandirlik sumkalari va harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari tekshirildi hamda saf tayyorgarligi usullari sinovdan oʻtkazildi.
Shundan soʻng, boʻlinmalarning qurol-aslahalari va texnikalarining holati va saqlanishi, oʻquv moddiy bazalari hamda batalyon shtabining jangovar vazifalar boʻyicha ishlab chiqilgan hujjatlar tekshirildi.
Tasdiqlangan rejaga asosan harbiy xizmatchilardan shu kunining oʻzida jismoniy tayyorgarlikdan (tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va kuch sifatlari boʻyicha meʼyorlar va “Kuper testi”) qabul qilindi.
Mazkur tanlov 14-oktabr kuniga qadar davom etadi.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi