O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimizda «Keksalar haftaligi» tadbirlari o‘tkazilmoqda

2022-10-07 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva sohaga tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qayd etilishicha, mamlakatimiz aholisining 3 million 162 ming nafarini keksa avlod vakillari tashkil etadi. Ulardan 221 nafari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, 9965 nafari mehnat fronti ishtirokchilari, 22 745 nafari esa o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalardir. 
 
Joriy yilning o‘tgan davrida «Nuroniy» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 ming 775 nafar keksalarga nogironlar aravachasi, 1 ming 489 nafariga eshitish moslamasi, 2 ming 132 nafariga hassa, 1 ming 16 nafariga ko‘zoynak, 864 nafariga boshqa reabilitatsiya vositalari olib berildi. 
 
475 ming 124 nafar nuroniylar bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 22 ming 745 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi keksalarning 3 ming 565 nafariga dori-darmon vositalari, 8 ming 266 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 3 ming 785 nafariga moddiy yordam berildi, 168 nafarining uy-joylari ta’mirlandi. 
 
Keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida hududlarda «Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat» degan g‘oya ostida «Keksalar haftaligi» tadbirlari o‘tkazilmoqda. 
 
Haftalik davomida barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ular tanlovlar, xayriya tadbirlari, jumladan, nuroniy va yoshlar uchrashuvlariga ham jalb etiladi. 
 
«Keksalar haftaligi» davomida pensioner, yakka va yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularning uy-joy, maishiy muammolari hal qilinib, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi. 


 
Muhayyo Toshqorayeva

Manba: O'zA

Поделиться