O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentda Oliy Majlis Senatining 33-yalpi majlisi ish boshladi
2022-10-07 | Siyosat
Bugun Oliy Majlis Senatining o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, majlisda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Yalpi majlisni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, majlisda «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi, «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi hamda «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi