O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Soliq va bojxona siyosati islohoti, shuningdek daromadlarning ma'murchiligini raqamlashtirish (tajriba almashinuvi)» Xalqaro davra suhbatini tashkil etish bo‘yicha

2022-10-05 | Iqtisodiyot

2022-yilning 5-6 oktabr kunlari Samarqand shahrida «Soliq va bojxona siyosati islohoti, shuningdek daromadlarning ma'murchiligini raqamlashtirish (tajriba almashinuvi)» mavzusiga bag‘ishlangan Xalqaro davra suhbati o‘tkaziladi.

Davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad mamlakatlar o‘rtasida soliq va bojxona sohalarida, shuningdek soliq va bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish, yangi raqamli xizmatlarni joriy etishda qabul qilinayotgan choralar bo‘yicha tajriba almashish hisoblanadi.

Tadbirda 6 ta davlatning (Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) moliya, soliq va bojxona organlari rahbarlari ishtirok etadilar.

2 kun mobaynida beshta sessiya o‘tkazish rejalashtirilgan, ularda qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i (ko‘chmas mulk solig‘i) qismida soliq siyosati, bojxona tartibga solish sohasida o‘tkazilayotgan islohotlar masalalari, shuningdek soliq va bojxona organlarining raqamli transformasiyasi masalalari muhokama qilinadi.

O‘tkazilayotgan sessiyalar YouTube kanal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan. Qo‘shilgan qiymati solig‘iga bag‘ishlangan birinchi sessiya 5 oktyabrda Toshkent vaqti bilan soat 10 da boshlanadi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться