O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fizika ilm-fanini rivojlantirish istiqbollari

2022-10-05 | Fan

Namanganda Farg‘ona vodiysida fizika ilm-fanining bugungi kuni va yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan “Fizika – 2022” II xalqaro forumi o‘tkazilmoqda.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ilmiy anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Malayziya, Belarus, AQSH, Germaniya, Avstraliya, Fransiya, Zambiya, Italiya, Portugaliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, akademiklar, professor olimlar, fizika fani bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 200 dan ziyod ilm-fan namoyandalari ishtirok etmoqda.

bugungi kunda mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish, amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga e’tibor qaratilmoqda.

Namangan viloyatida fizika sohasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga oid dolzarb muammolarni aniqlash, ularni keng jamoatchilik ishtirokida tahlil qilish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, fizika yo‘nalishidagi tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda ko‘maklashish ustuvor vazifaga aylandi.

Forumda fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirish borasida taklif va mulohazalar bildirildi.

– O‘zbekistonga yana kelganimdan xursandman, mehnat faoliyatim davomida mamlakatingizda ishlash nasib etgan, – deydi Rossiya Federatsiyaning Dubna shahridagi Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti yadro reaksiyalari tadqiqoti laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi Igor Izosimov. – Samarqand va Toshkent shaharlarida fizik olimlar bilan do‘stlashganman. O‘zbekistondagi hamkasblarimiz bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarimizni yanada mustahkamlashga kelishib oldik.

Anjumanning dastlabki kunida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Behzod Yo‘ldoshev Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi yosh olimlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Xalqaro forum doirasida viloyatdagi ikki oliy ta’lim muassasasi Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi yarim o‘tkazgichlar va mikro elektronika instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining fizika-texnika institutlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi. Mazkur kelishuvlarga asosan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda o‘rganish, xalqaro fundamental loyihalarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

– Namangan muhandislik-texnologiya instituti olimlari bilan hamkorlikda yupqa plyonkali fotoelementlar tadqiqoti bo‘yicha davlat fundamental granti asosida ish olib boryapmiz, – deydi Malayziyaning Malay universiteti yetakchi professori Abdulkarim Moxd Arof. – Mazkur quyosh elementlarini O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqarish uchun tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Yevropa va sharqiy Osiyo mamlakatlarida ancha ommalashgan ushbu manba hozirda keng tarqalgan muqobil energiyaning asosi bo‘lgan kremniyli elementdan qariyb uch barobarga arzon energiya manbalarini ishlab chiqarishi mumkin.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev

Manba: O'zA

Поделиться