O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH davlatlari Sayyohlik bo‘yicha kengashi yig‘ilishida Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universitetining faoliyati muhokama qilindi

2022-09-30 | MDH

Minskda MDHga a’zo davlatlar Sayyohlik bo‘yicha kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, MDH PA Kengashi kotibiyati va Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni ochar ekan, Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – MDH Ijrochi kotibi Beketjan Jumaxanov Kengash turizm sohasiga jiddiy zarar yetkazgan  COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi.

Tadbir davomida Kengash a’zolari turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Xususan, sayyohlik sohasini boshqarish bo‘yicha tajriba almashildi, MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, Buyuk Ipak yo‘li salohiyatidan foydalanish, agro, ekoturizm va sog‘lomlashtirish turizmi masalalari ko‘rib chiqildi.

Kengash a’zolari «Hamdo‘stlikning qimmatbaho gavhari» xalqaro loyihasini amalga oshirishga yondoshuvlar, MDHga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi tayanch tashkiloti sifatida «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti tomonidan olib borayotgan ishlarni muhokama qildilar.

Yig‘ilishda Hamdo‘stlik mamlakatlarida turizmni rivojlantirish uchun xalqaro mukofot ta’sis etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.  Mukofot to‘g‘risidagi nizom loyihasini Kengashning navbatdagi yig‘ilishida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruh tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

MDHga a’zo davlatlar Turizm kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turizm yarmarkasi 2023 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться