O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Global miqyosda axborotdan erkin foydalanish va sohani raqamlashtirish imkoniyatlari tahlili: yutuqlar va muammolar

2022-09-29 | Texnologiyalar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda YUNESKO hamkorligida tashkil etilgan gibrid formatdagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasining raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.

Abduhakimov ushbu nufuzli tadbirni O‘zbekistonda tashkil etilgani uchun YUNESKOga alohida minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, mamlakatda axborot olish erkinligi, davlat organlari va tashkilotlaring xalq oldida hisobdorligini ta’milash qonun bilan mustahkamlanganini, O‘zbekiston tashkilotning axborotdan erkin foydalanish borasidagi barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Konferensiyada Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Nozima Davletova va YUNESKO bosh direktorining kommunikasiya va axborot masalalari bo‘yicha yordamchisi Taufik Jelassi so‘zga chiqib,  konferensiya ishtirokchilarini Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni bilan qutladilar.

Shundan so‘ng, "Sun’iy intellekt, elektron boshqaruv va axborot erkinligi: innovasiyalar, inklyuziv va huquq" mavzusidagi Xalqaro konferensiya yuqori darajali davra suhbati bilan o‘z faoliyatini boshladi.

Davra suhbatida YUNESKO Bosh direktorining kommunikasiya va axborot masalalari bo‘yicha yordamchisi Taufik Jelassi, Shaffoflik, axborot olish va shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish milliy instituti vakolatli prezidenti Blanka Liliya Ibara, Uganda davlati AKT va milliy boshqaruv vaziri Kabbyanga Godfri, Filippin davlati Hukumat ta’lim boshqarmasining ma’muriy masalalar bo‘yicha vazir o‘rinbosari Kristian Ablan, Elektron boshqaruv akademiyasi direktori Ivar Tallo (Estoniya) va axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos (O‘zbekiston) so‘zga chiqdi.

Taufik Jelassining ta’kidlashicha, to‘qsoninchi yillarda dunyo bo‘yicha 14 ta davlatda axborot olish erkinligi to‘g‘risida qonun mavjud bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 135 taga yetgan, ya’ni deyarli o‘n baravarga oshgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos davra suhbatida ishtirokchilar diqqatini shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilishda sun’iy intellektdan foydalanishning ahamiyatiga qaratdi. 

Unga ko‘ra, axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar 2022/2028-yillarda jahon kiberxavfsizlik bozori o‘rtacha 9,5 foizga o‘sadi va 2028-yilga kelib 375 mlrd. AQSH dollarini tashkil etishini taxmin qilishmoqda. Kiberjinoyatning yillik global zarari esa 2025-yilga kelib 10,5 trln. dollarga yetishi mumkin. Shu nuqtai nazardan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘plab muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi.

Xalqaro konferensiya ixtisoslashtirilgan shoʻbalarda davom etmoqda.

Manba: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Поделиться