O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘qituvchi eng mas'ul vazifani ado etadi - u insonni shakllantiradi

2022-09-28 | Ta’lim

Kasblar ichida eng ulug‘i ustoz, murabbiylik, deb bilaman.

Namangan viloyati, Pop tumanidagi 16-maktabga ilk bora qadam qo‘yganimda onam meni maktabdagi eng yaxshi ustoz deb Orzixon Sulaymanova sinflariga berganlar. O‘qituvchimiz o‘quvchilarga judayam mehribon edilar, u insonni hozir ham bayramlarda borib, ko‘rib turamiz.
 
Otam va onam oliy ma'lumotli bo‘lishmasa-da, 6 nafar farzandlari ta'limiga katta e'tibor qaratishdi. Otam bizga ko‘p vaqt ajratar, ta'lim-tarbiya olinglar, men va onang o‘qimaganmiz, sizlar o‘qinglar, deb ustozlarimizni bizga o‘rnak qilishgan. Hozirda hammamiz ta'lim sohasida faoliyat olib bormoqdamiz.
 
Maktabda Orzixon Sulaymanova, Ortiqboy Xushnazarov, Rahimjon Mo‘minov, Rahimjon Muydinov, Musinali Yunusov, Xayriniso Rahmatova kabi bilimli ustozlar bizga dars berishgan. Orzixon Sulaymanova 1-sinfdan boshlab harf o‘rgatib, har bir o‘quvchi uchun jon kuydirib mehnat qilgan.
 
Darsdan so‘ng musiqa to‘garagiga ham qatnardim. Musiqa va tarixga juda ham qiziqar edim. 1992-94 yillari Turkiya Respublikasida Anqara Universitetida tahsil olganman. Oysha Unat, Abdullo Guntug‘di, Mustafo Kafali kabi ustozlardan tarix yo‘nalishida saboq olganman.
 
Mashhur fransuz yozuvchisi Jorj Dantonning xazinaga teng fikrlarida aytilishicha: “Inson uchun nafas olishdan keyingi amal - bu bilim olishdir. Bilim urug‘i esa, albatta, ustoz - murabbiylar tomonidan sochilar”.
 
Darhaqiqat, o‘qituvchi eng mas'ul vazifani ado etadi - u insonni shakllantiradi. Mashaqqatli yo‘ldan borar ekan, Ustoz degan ulug‘ va sharafli nomni oqlash uchun tinmay izlanadi. Bilamizki, har qanday ta'lim va tarbiyada eng asosiy jihat muallimning tafakkur dunyosidir. Shunday ekan, o‘z shogirdlarida ilm va bilim olishdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan aziz hamda qadrli ustoz - murabbiylar shon-sharaflarga loyiq.
 
Vahobjon Rajapov, Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться