O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashabbusli budjet loyihalarini moliyalashtirish hamda amalga oshirish tartiblari belgilandi
2022-09-26 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida Namunaviy Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarniq sifatli va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta'minlash maqsadida Nizom bir qator bandlar bilan to‘ldirildi. tashabbusli budjet jarayoni doirasida fuqarolar tomonidan kelib tushgan loyihalar “Ochiq budjet” axborot portaliga kelib tushgandan so‘ng tuman/shahar ishchi guruhlari tomonidan buyurtmachi korxonalarga taqdim etilgandan boshlab 10 kun davomida ko‘rib chiqilishi va xulosa taqdim etilishi majburiyligi;
ovoz berish bosqichi yakunlangandan so‘ng 7 kun muddatda “g‘olib” deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori qabul qilinishi;
g‘olib loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan “Manzilli ro‘yxat” shakllantirilishi va uning shakllari;
tovar moddiy boyliklar (xizmatlar)ni xarid qilish, obyektlarni ta'mirlash va qurish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha xarid qilish tartib-taomili turi va muddatlari;
loyihalarni amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatilishini nazarda tutuvchi bandlar bilan to‘ldirildi. Hujjatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi