O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AKT vaziri IT Park rezidentlari bilan uchrashib, kelgusi yilda eksportni oshirish uchun qanday qo‘shimcha choralar ko‘rilishi kerakligi haqida ochiq muloqot qildi
2022-09-26 | Jamiyat
AKT vaziri Sherzod Shermatov IT Park rezidentlari bilan ochiq muloqot tashkil etdi.
Dastlab, AKT vaziri tadbirning ochilishida so‘zga chiqib, IT sohasining rivojlanishiga befarq bo‘lmay tashrif buyurgan rezidentlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbirning birinchi qismida IT Park direktorining “IT Parkning bugungi kundagi erishgan natijalari va 2023-yilda eksportni oshirish rejalari” bo‘yicha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Noodatiy ruknda olib borilgan uchrashuvning muhokama qismida barcha tadbirkorlarga birma-bir so‘z berildi. Shuningdek, 2023-yildagi IT Park rezidentlarining eksport hajmini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha savol-javoblar, mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari kelishib olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi