O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chirchiq shahri yoshlari uchun keng imkoniyat

2022-09-23 | Yoshlar

Bugun, 23-sentabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida (BPO) - Masofaviy xizmatlar markazlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu markaz ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov hamda Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov ishtirok etdi.

Bugungi kunda jadallik bilan rivojlanib borayotgan BPO sohasi ham yoshlarga masofadan turib yuqori daromad topish imkoniyatini yaratmoqda.

Joriy yilning 22-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining sessiyasida ishtirok etib, tabiiy va qazilma boyliklari, sanoat va transport-logistika salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solib, viloyatga yanada ko‘p investitsiya olib kelish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Prezident topshiriqlarini hisobga olgan holda bugun Chirchiq shahridagi yangi zamonaviy BPO markazlari foydalanishga topshirildi. 

Bu kabi markazlarning tashkil etilishi yoshlarni IT sohasiga keng jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlari bilan ta’minlashga imkon beradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bo‘ylab masofaviy xizmatlar eksporti 2021-yilda 46 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil avgust oyi yakuni bo‘yicha 53 mln dollarga yetgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться