O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bugun Qo‘qonda "Qovun sayli" o‘tkazilmoqda
2022-09-16 | Jamiyat
Bugun, 2022-yilning 16-sentabr kuni Turizm va madaniy meros vazirligi, Farg'ona viloyati hokimligi, Qo‘qon shahar hokimligi, TURKSOY, Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida Qo‘qonda "Qovun sayli" o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-338-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilmoqda.
"Qovun sayli"da folklor-etnografik guruhlar, yosh estrada xonandalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, gullar va hunarmandchilik mahsulotlari ham namoyish etiladi. Tadbirga tashrif buyurganlar nafaqat Qo‘qonning shirin, mazali qovunlaridan bahramand bo‘lishadi, balki "Furqat" bog‘ida tashkil etiladigan ko'ngilochar tadbirlarda qatnashib, hordiq chiqarishadi.
Barchangizni farzandlaringiz bilan birga "Qovun sayli"da kutamiz.
Manba: O'zA