O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlangan pochta markasining taqdimoti o‘tkazildi

2022-09-15 | ShHT

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlangan pochta markasini maxsus xotira shtempeli bilan tantanali so‘ndirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov  ishtirok etdi.

Joriy yilning 15-16 sentabr kunlari ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti o‘tkaziladi.

Sammitning asosiy siyosiy hujjati – Samarqand deklaratsiyasi loyihasida mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha mujassamlashgan pozitsiyalari o‘z ifodasini topgan. Mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, madaniy muloqotni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma yondashuvlar belgilab berilgan.

Samarqand sammiti Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash va tashkilot doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim tarixiy bosqich bo‘lishi shubhasizdir.

Ushbu muhim voqea munosabati bilan Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusiga ko‘ra “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitiga bag‘ishlangan maxsus pochta markasi (pochta bloki ko‘rinishida) tayyorlanib, 2022-yil 12-sentabrda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi.

Pochta markasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo bo‘lgan Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlarining bayroqlari, Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanddagi sammitiga bag‘ishlangan logotipi hamda Samarqand shahrining gerbi tasvirlangan.

Pochta markasining orqa fonida esa, O‘zbekistonning Sharq durdonalari sifatida tan olingan qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi hisoblanmish “Registon” maydoni joylashgan.  

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitiga bag‘ishlab tayyorlangan pochta markasini so‘ndirish maqsadida Samarqand sammiti logotipi aks ettirilgan maxsus xotira shtempeli tayyorlandi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться